
SHEYNAZ CRM — turfirmalar uchun CRM: Telegram, Instagram va WhatsApp yozishmasi, bitimlar, chipta va kunlik hisobot bitta oynada.
SHEYNAZ TRAVEL MChJ, Toshkent, Shayxontohur tumani · turizm litsenziyasi № 067204, 2023-yil 6-martdan · 5 menejer shu CRM ni har kuni o'zi ishlatadi
Foydalanuvchi — CRM ga kiradigan har bir odam: xodimlar va admin. Eng kichik obuna — besh foydalanuvchi, ya'ni 750 000 so'm. Yashirin to'lov yo'q.
| 5 foydalanuvchi | 750 000 |
| 8 foydalanuvchi | 1 200 000 |
| 10 foydalanuvchi | 1 500 000 |
| 15 foydalanuvchi | 2 250 000 |
Narx o'zgarsa, shartlar 2-bandi bo'yicha kamida 30 kun oldin xabar beriladi.
SHEYNAZ TRAVEL
GRAND TURAN
LOVE TRAVELHar qatorning chap tomonida da'vo, o'ng tomonida uning dalili turadi. Dalili yo'q da'vo bu sahifada yozilmagan.
CRM ni turagentlik yo'nalishida uzoq yillik tajribaga ega odamlar yozgan, haqiqiy bitimlar ustida: SHEYNAZ TRAVEL MChJ, Toshkent, Shayxontohur tumani, turizm litsenziyasi № 067204, 2023-yil 6-martdan — kirish, chiqish va ichki turizm. Besh menejer shu tizimni har kuni o'zi ishlatadi, shuning uchun bo'limlar kundalik hisobotdan chiqqan, ishlamaydigan bo'lim yo'q.
Uch kanaldagi yozishma bitta CRM oynasiga yig'iladi, javob o'sha nomer yoki akkauntdan chiqadi. Ulash bir necha daqiqa oladi, alohida ilova kerak emas. Xodim o'z telefonidan yozaveradi, shaxsiy chatlari CRM ga tushmaydi. Sharti: Telegram Business imkoniyatlari xodim akkauntida Telegram Premium bo'lishini talab qiladi, botni esa firma o'zi yaratadi va tokenni o'zida saqlaydi — shartlar 4-bandi.
Yo'nalish, sana, kishi soni, netto, brutto va bron raqami bitta qatorda kiritiladi — Telegram boti orqali yoki saytda. Foyda o'zi chiqadi. Reys o'zgarsa, tizim mijozni bron raqamidan topadi. Yonida bitim voronkasi, mijoz kartochkalari, murojaatlar, vazifalar, kassa, xodimlar va hisobotlar turadi.
AI kelgan xabarni turkumlaydi, bitim kartochkasini to'ldiradi, uzun suhbatni qisqartiradi va chipta PDF ini o'qiydi. Qo'shimcha to'lov yo'q: AI oylik narx ichida. Cheklovini ham aytamiz — AI uchun qo'llaniladigan xizmatlar narxi keskin oshsa, firmaga kamida 30 kun oldin xabar beriladi, shartlar 5-bandi.
Hujjat sizning logotipingiz va rangingiz bilan chiqadi, blank o'rnatish paytida sozlanadi. Shartnoma tizimda tuziladi, mijoz havola orqali imzolaydi — imzo kodda tekshiriladi va bitimga biriktiriladi.
Kassa qoldig'i, chiqimlar, takrorlanuvchi chiqimlar, hamkorlar bilan hisob-kitob, maosh qoidalari va hisobotlar savdodan ajratilgan o'z bo'limida turadi. Bir necha ofisi bor firma hammasini bitta tizimda yuritadi: filiallar, bo'limlar va rollar bor, har xodim roli ruxsat bergan narsani ko'radi.
Har firmaga alohida baza ajratiladi. Shartlar 3-bandi: mijozlar, savdolar, suhbatlar va fayllar firmaning mulki, biz ularni o'z biznesimizda ishlatmaymiz va uchinchi tomonga bermaymiz. Firma chiqib ketsa, baza 30 kun saqlanadi va shu muddatda ro'yxatni Excel yoki CSV da so'rab olasiz. To'lov 10 kun kechiksa kirish to'xtatilishi mumkin, ammo ma'lumot o'chirilmaydi — to'lovdan keyin bir ish kunida qaytariladi.
Kurs har firmaning bazasida tayyor turadi, o'zbek va rus tilida. Yangi xodim uni bir kunda o'tadi. Firma o'z darslarini va test savollarini qo'shadi: mahsulotlar, ish qoidalari, yo'nalishlar — xodim javob yozadi, rahbar tekshiradi. O'rnatish kuni jamoa bilan bir soatlik mashg'ulot ham o'tkaziladi.
Quyidagi rasmlar tirik tizimdan olingan: chizilgan maket emas, qiyshaytirilmagan. Raqamlar demo bazadan — bu bizning natijamiz emas, tizim nimani ko'rsatishini bildiradi. Yon menyudan bitta bo'lim olib tashlangan: u mijoz firmalarida o'chiq turadi.
Kunlik ko'rsatkich: bitimlar, to'lovlar, vazifalar va xodimlar bitta ekranda.
Voronka bosqichlari: yangi, aloqa qilindi, taklif berildi, to'lov kutilmoqda, sotildi. Har bosqichda nechta bitim va qancha pul turgani ustida yozilgan.
Telegram, WhatsApp va Instagram Direct yozishmasi bitta oynada, javob o'sha kanaldan chiqadi.
Netto va brutto kiritiladi, foyda o'zi hisoblanadi — so'mda va dollarda, kunlik va oylik kesimda.
Mijoz kartochkasi: aloqa, bitimlar tarixi, hujjatlar va keyingi vazifa bir joyda.
Xodim mijozga o'z telefonidagi Telegram dan yozaveradi, SHEYNAZ CRM esa faqat mijoz bilan bo'lgan ish yozishmasini oladi. Shaxsiy chatlari CRM ga tushmaydi. Telegram, WhatsApp va Instagram Direct suhbatlari bitta oynaga yig'iladi. Javob o'sha nomer yoki akkauntdan chiqadi, ya'ni mijoz uchun hech narsa o'zgarmaydi va yangi raqamga ko'nikishi kerak emas. Ulash bir necha daqiqa oladi va alohida ilova talab qilmaydi. Bitta shartni yashirmaymiz: Telegram Business imkoniyatlari xodim akkauntida Telegram Premium bo'lishini talab qiladi. Botni firma o'zi yaratadi va tokenni o'zida saqlaydi — shartlar 4-bandida shunday yozilgan. Yozishmani biz ham ko'rmaymiz: har firmaga alohida baza ajratiladi, texnik xodim unga faqat firmaning iltimosiga ko'ra yoki nosozlikni tuzatish uchun kiradi. Obunani hisoblash uchun faqat umumiy sonlar olinadi — foydalanuvchi soni va faollik. AI esa kelgan xabarni turkumlaydi, bitim kartochkasini to'ldiradi va uzun suhbatni qisqartiradi, bu oylik narx ichida.
O'rnatish odatda 2 500 000 so'm turadi va bir marta to'lanadi, lekin 2026-yil 31-dekabrgacha ariza qoldirgan firmalar uchun u nolga tushadi. Sanasi aniq va muddat ko'chmaydi, biz uni qaytadan boshlamaymiz. Shu pul o'rniga bajariladigan ish: CRM ochiladi va sozlanadi, xodimlar kiritiladi, Telegram ulanadi, firmaning o'z blanki qo'yiladi, jamoa bir soat o'qitiladi, eski Excel bazangiz ko'chiriladi. Ustiga CRM ochilgan kundan 21 kun sinov qo'shiladi — shu muddat ichida pul olinmaydi. Ya'ni hozir boshlash uchun birinchi to'lov yo'q. Sinovdan keyin faqat oylik obuna qoladi: har foydalanuvchi uchun 150 000 so'm, eng kami besh foydalanuvchi (750 000 so'm). Sakkiz kishilik firma 1 200 000, o'n kishilik 1 500 000, o'n besh kishilik 2 250 000 so'm to'laydi. Barcha bo'limlar, AI va yangilanishlar shu narx ichida, boshqa to'lov yo'q va yashirin qator ham yo'q. Narx o'zgarsa, shartlar 2-bandi bo'yicha kamida 30 kun oldin xabar beriladi.
O'n bir darslik kurs har firmaning o'z bazasida tayyor turadi: kirish, ish stoli, bitimlar, savdo kiritish, mijozlar, murojaatlar, suhbatlar, vazifalar, kassa, xodimlar va hisobotlar. Yangi menejer kursni bir kunda o'tadi va birinchi kunidan mustaqil ishlay boshlaydi. Rahbar yonida o'tirib ko'rsatishi shart emas. Darslar o'zbek va rus tilida, ikkalasi ham CRM ichida. Birinchi dars kirishni o'rgatadi: avval parol kiritiladi, keyin Telegram ga kelgan kod. Kod besh marta urinishdan keyin o'ladi va yangisi so'raladi. Qurilma eslab qolinadi, shuning uchun har kuni kod kutib o'tirmaydi. Parolni xodim o'zi tiklaydigan oqim yo'q — yangi parolni admin beradi, shuni boshida aytib qo'yish kerak. O'rnatish kuni jamoa bilan bir soatlik mashg'ulot ham o'tkaziladi, ya'ni xodim darslar bilan yolg'iz qolmaydi. Bundan tashqari firma o'z darslarini va test savollarini qo'shadi: mahsulotlar, ish qoidalari, yo'nalishlar — xodim javob yozadi, rahbar tekshiradi. Kurs oylik obuna ichida, alohida to'lov yo'q.
Ariza qoldiring — to'ldirilgan demo CRM ga kirish ma'lumotini beramiz va onlayn ko'rsatib chiqamiz. Kelishilsa o'z firmangiz uchun sinov nusxasini ochamiz.
Ha. Excel yoki Google Sheets faylingizni bersangiz, o'rnatish paytida biz ko'chiramiz.
Oylik, so'mda. O'rnatish bir marta to'lanadi. Shartnoma va hisob-faktura bilan ishlaymiz.
Har foydalanuvchi 150 000 so'm: qo'shsangiz +150 000, kamaytirsangiz keyingi oydan kamayadi.
Har firmaga alohida baza va o'z manzili ajratiladi. Ma'lumot boshqa firmalar bilan aralashmaydi, kirish ikki bosqichli: parol, keyin Telegram ga kelgan kod.
Ariza to'ldirishga ikki daqiqa ketadi. Bugun ichida bog'lanamiz, demo ko'rsatamiz, kelishilsa bir kun ichida ulaymiz.
Boshqa tizimlar bilan solishtirmoqchimisiz? Turagentlik CRM larini taqqoslash